

Ilovaga kiring
- 1
Tilni tanlang: o'zbekcha, ўзбекча yoki русский.
- 2
Sizga berilgan Login va Parolni yozing.
- 3
Kirish tugmasini bosing.
Foydo har bir buyurtmadan qancha foyda qolganini ko'rsatadi. Buyurtma oching, unga xarajat va to'lovlarni yozib boring — qolganini Foydo o'zi hisoblaydi.
Foydo Telegram ichida ishlaydi: botni oching va pastdagi Foydo tugmasini bosing. Kompyuterda app.foydo.uz manzilini brauzerda ochsangiz ham bo'ladi.


Tilni tanlang: o'zbekcha, ўзбекча yoki русский.
Sizga berilgan Login va Parolni yozing.
Kirish tugmasini bosing.
Buyurtma — mijoz bilan kelishilgan ish. Uning har bir xarajati va to'lovi shu buyurtmaga yoziladi.


Har bir kartada uchta raqam bor: Kelishilgan summa, Foyda hozircha va mijozning Qarzi. Muddati o'tganlar eng tepada qizil rangda turadi.
Yangi buyurtma ochish tugmasi.
Faol, Yopilgan va Bekor qilingan buyurtmalar orasida o'tish.
Katta + tugmasi — tezda xarajat yoki to'lov yozish uchun. U har bir bosh ekranda bor.


Buyurtma nomi, masalan: «Oshxona mebeli».
Mijozni ro'yxatdan tanlang. Yangi mijozni shu yerning o'zida qo'shsa bo'ladi.
Kelishilgan summa. Hali kelishilmagan bo'lsa, bo'sh qoldiring.
Saqlash.


Foyda hozircha — kelishilgan summadan xarajatlar ayirilgani. Uning ostida xarajat, to'langan summa va mijoz qarzi turadi.
Shu buyurtmaga xarajat yoki to'lov qo'shish.
Buyurtmaning barcha xarajat va to'lovlari ro'yxati.
Ish tugagach buyurtmani yoping (pastda batafsil).
Pul chiqdimi — xarajat, mijozdan pul keldimi — to'lov yozing. Ikkalasi ham bitta ekrandan, katta + tugmasi orqali yoziladi.


Xarajat tanlangan bo'lsin.
Summani yozing. Dollarda bo'lsa, pastdagi $ ni tanlang — kursni Foydo o'zi qo'yadi.
Qaysi buyurtmaga ketdi. Ijara yoki svet kabi umumiy xarajat bo'lsa — Buyurtmasiz — umumiy xarajat.
Xarajat turi: material, transport, ish haqi va boshqalar.
Saqlash.


To'lovni tanlang.
Mijoz bergan summa.
Qaysi buyurtma uchun to'ladi. Mijozning qarzi shu zahoti kamayadi.


Faqat xarajatlarni yoki faqat to'lovlarni ko'rsatish.
Saralash: kim kiritgani, kimga to'langani va sana bo'yicha.
Yozuvni bosing — uni tuzatish yoki o'chirish mumkin. Har bir o'zgarish tarixda saqlanadi.
Ish topshirildi — buyurtmani yoping. Yopilgan buyurtmaning foydasi shu oy hisobotiga tushadi.


Sanani tekshiring va Buyurtmani yopishni bosing. Yopilgandan keyin xarajat qo'shib bo'lmaydi, lekin mijozdan qolgan to'lovni qabul qilsa bo'ladi.
Oy oxirida asosiy savol — qancha ishladim? Javob Hisobot bo'limida.


Sof natija — shu oyda yopilgan buyurtmalar foydasidan umumiy xarajatlar (ijara, svet va h.k.) ayirilgani. Ostida o'tgan oyga nisbatan o'zgarish.
Pul harakati — shu oyda haqiqatda kelgan va ketgan pul.
Oylar bo'yicha ustunlar — biznes o'syaptimi yoki yo'qmi, bir qarashda ko'rinadi.
Kim qancha qarzi borligi Menyu → Mijozlar bo'limida turadi.


Umumiy qarz — mijozning barcha buyurtmalari bo'yicha qolgan summa. Ostida buyurtmalari ro'yxati.
Ulashish — qarz hisobini mijozga yuborish (Telegram, SMS) yoki nusxalab olish.
Bir marta sozlab qo'yasiz: xodimlar, valyuta va xarajat turlari. Hammasi Menyu bo'limida. Xarajat turlariga o'z turlaringizni ham qo'shsa bo'ladi, masalan «Bo'yoq».


Xodimlar — ilovaga kim kira olishi va nima qila olishi.
Valyuta va kurs — dollar kursi.
Sozlamalar — mavzu, til, parol va Telegram.


Login bering — xodim ilovaga shu bilan kiradi. Parol avtomatik yaratiladi va bir marta ko'rsatiladi. Login bermasangiz, xodim faqat ish haqi yozishda «kimga» ro'yxatida turadi.
Ruxsatlar — xodim nima qila olishi. Masalan, xarajat yozsin, lekin foyda va hisobotni ko'rmasin.


Ikkinchi valyuta, odatda dollar.
Dollar kursi. Yangi xarajat va to'lovlarga shu kurs qo'yiladi.
Yoqib qo'ysangiz, kurs har kuni Markaziy bankdan o'zi yangilanadi. Oldin yozilgan operatsiyalarning kursi o'zgarmaydi.


Yorug' yoki qorong'i ko'rinish.
Ilova tili.